O`zLiDeP faollari “Yashil yillik” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda

11.03.2022, 16:57

O`zLiDeP faollari “Yashil yillik” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda

Xabaringiz bor, 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish aksiyalari davom etmoqda.

Toyloq tumanida ham ushbu jarayon boshlab yuborilgan bo‘lib, 2021-2022 yillar davomida tumanda jami 750 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning kuz oylarida yo‘l yoqalari va fermer xo‘jaliklari dalalariga 350 ming dona daraxt ko‘chatlari ekildi. Joriy yilning bahor mavsumida yana  400 ming dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Mazkur “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha tumanda O`zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruhi ham navbatdagi “Yashil bog‘lar barpo etamiz” aksiyasini o‘tkazmoqda. Birgina 44 ta maktabgacha ta’lim tizimiga 700 tup mevali daraxtlarni ekishni rejalashtirgan. Bugungi kunga qadar 5800 tup mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.

  Akmal Mirzoyev,

O`zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari  - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    428
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+