Ishchi guruh faoliyati: Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda

14.03.2022, 16:21

Ishchi guruh faoliyati: Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi,  partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi bilan o‘zaro hamkorlikda “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish yo‘nalishida belgilangan vazifalar va ularning ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatini O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, “Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi rahbari Dilshod Shoumarov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.  

Dastlab, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP fraksiyasi a’zosi, ishchi guruh rahbari Zafar Xudoyberdiyev “Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslari” mavzusida ma’ruza qilib, tadbir ishtirokchilariga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Xususan, bugungi kunda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari reglamenti to‘g‘risida” va “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihalarini ishlab chiqish hamda unga mahalliy Kengashlarda doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijroiya organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, ichimlik va oqova suv, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash kabi masalalarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari vakolatiga o‘tkazish, hududlarda davlat ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash vakolatini xalq deputatlari viloyat Kengashlariga o‘tkazish kabi masalalarni kiritish ilgari surilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tuman (shahar) hokimi lavozimiga nomzod ko‘rsatish tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda hokimlikka nomzod tomonidan mahalliy Kengashda  hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanishi tartibini joriy etish, hududlarda amalga oshiriladigan davlat organlarining vazifalari bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish, bir-birini takrorlaydigan 500 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish va boshqa masalalar muhokama etilayotganiga e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida tashkil etilgan muhokamalarda xalq deputatlari Mirobod, Olmazor, Chilonzor tuman Kengashlari deputatlari hamda partiya Toshkent viloyati Kengashi faollari ishtirok etib, qabul qilinajak yangi qonun loyihalariga o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    492
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

маруф2022-03-15 15:02:44

ушбу конунлар депутатлар фаолиятини жонлантиришга умид киламиз.


Fikringizni qoldiring

+