Xo‘jaylida “Deputatlar bog‘i” tashkil etildi

14.03.2022, 16:24

Xo‘jaylida “Deputatlar bog‘i” tashkil etildi

Respublikasida faoliyat olib borayotgan 5 ta siyosiy partiyadan saylangan deputatlar “Dolzarb 10 kunlik” loyihasi doirasida joylarda uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihada O’zLiDeP partiyasidan saylangan deputatlar joylarda bir qator tadbir va uchrashuvlarda tashabbus ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Z.Reymova, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy vakili J.Shlimbetov, xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati A.Xudaybergenov Xo‘jayli tumani “Juzimzar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobida (balansida) turgan vaqtincha yashash huquqi bilan ajratilgan 21-ko‘p qabatli uy-joyni fuqarolarning to‘liq mulkiga berish holati bilan tanishdi.

Keyin tumandagi “Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘inidagi yaqinda foydalanishga topshirilgan “Ijtimoiy shaharcha”da istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Avvalgi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi binosi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz, uy-joyga muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish maqsadida “Ijtimoiy shaharcha”ga aylantirilgan edi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar, uy-joyga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Inson qadrini ulug‘lash, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, shu orqali kambag‘allikdan chiqarish yo‘lidagi ishlar buning isbotidir.

Deputatlar “Yashil yillik” aksiyasida ham faol ishtirok etdi. Ularning tashabbusi bilan tumandagi “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Deputatlar bog‘i” ga 150 tup dekorativ va mevali daraxt ko‘chati ekildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati 

  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+