O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli tashabbusi bilan “World Students” Sammiti tashkil etildi

14.03.2022, 16:25

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli tashabbusi bilan “World Students” Sammiti tashkil etildi

O’zLiDeP Urgut tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi rahbari Shohruh Suyunov tashabbusi bilan 12-13 mart kunlari Samarqand shahrida “World Students” Sammiti tashkil etildi.

“E’tiborlisi bu kabi yoshlar o‘rtasidagi xalqaro sammit Samarqandda ilk bor tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida “Networking”ni shakllantirish, xorijiy tillarni biluvchilarni ko‘llab-quvvatlashga e’tibor karatildi. Shuningdek ishtirokchilar dastlab turizm, tadbirkorlik, xalqaro munosabatlar va diplomatik etiket yo‘nalishlarida treningda qatnashdilar va spikerlardan bilimlar oldilar.

Keyingi bosqichda baxs-munozaralar olib borildi, muammolar yechimiga karatilgan loyihalar ishlab chiqildi.

Ikkinchi kuni sammit ishtirokchilari uchun Samarqandning diqqatga sazavor tarixiy obidalariga sayyohatlar uyushtirildi. Sammit ishtirokchilari tashkilotchilar va hamkorlarning maxsus sertifikat va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri.

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+