O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari uchun Gurlan tumanida biznes tur tashkil etildi

14.03.2022, 16:43

O'zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari uchun Gurlan tumanida biznes tur tashkil etildi

Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan ustuvor vazifalarni keng targ‘ib qilish maqsadida O’zLiDeP Xorazm viloyat  Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Gurlan tumanida chorvachilik yo‘nalishidagi qilinayotgan ishlar yuzsidan biznes tur  tashkil etildi. 

Biznes tur qatnashchilari dastlab “Moyli” mahallasidagi Yashnarbek Aminboyev xonadoni bo‘ldilar. Unda partiya viloyat Kengashi apparat rahbari Sh.Atajanov, Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi  mudiri Sh. Yakubova, mahalladagi hokim yordamchisi, partiya tuman Kengashi raisi U.Bazarbayev, yoshlar yetakchisi A.Jumabayev ishtirok etishdi.

Yashnarbek Aminov imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zini o‘zi band qilishni tadbirkorlik bilan shug‘illanishni boshlagan. Buxoro viloyatidan hokim yordamchisi ko‘magida zotdor “swetle burama” tovuqlarining jo‘jalarini olib kelgan va parvarishlashni boshlagan. Hozirda 21 ta jo‘jani parvarishlab, ularni ko‘paytirish va aholiga zotdor tovuqlarni yetkazib berishni maqsad qilgan.

Partiya faollari Ya.Aminovning o‘zini o‘zi band qilishi, parrandachilikni yo‘lga qo‘yganligini qo‘llab-quvvatlab, faoliyatini kengaytirishda yordamga tayyorligini bildirdilar.

Keyingi manzil shu mahallada yashovchi Po‘latbek Safarboyev xonadoni bo‘ldi. U o‘z uyida inkubatsiya tashkil qilib unda jo‘ja chiqarib, ularni parvarishlab aholiga 1 haftalik, 1 oylik vaqtida yetkazib bermoqda.  Inkubator 2000 ta jo‘ja ochishga mo‘ljallangan. Muloqotlar davomida yetti xazinaning biri bo‘lgan mazkur parrandachilik serdaromad sohaligi, undan keladigan daromat barakali ekanligi e’tirof etildi. Parrandachilikni rivojlantirish borasida davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar, imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi.

P.Safarbayev ham faoliyatini yanada kengaytirish niyatida. Kelgusida alohida parrandachilik fermasi tashkil qilib, ahlining bandligini ta’minlash, bozorlardagi go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishni maqsad qilgan.   

Biznes tur ishtirokchilari tumandagi tuyaqushchilik va tuyachilik yo‘nalishida qilinayotgan ishlar bilan ham tanishdilar. Salim Matyoqubov o‘z uyida tuyaqush boqishni yo‘lga qo‘ygan.

Partiya viloyat Kengashi apparat rahbari tadbirkorning muammolari, faoliyatini kengaytirishga to‘siq bo‘layotgan jihatlar bilan qiziqdi. Tadbirkor tuyaqushlarga ozuqa yetishtirish uchun ekin yeri zarurligini bildirdi. Mazkur masalada hokim yordamchisi U.Bazarbayev ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Tumanning Eshimjiron qishlog‘ida joylashgan “Eshimjiron karvoni” MChJ ham chorvachilik yo‘nalishida faoliyat olib boradi va ta’minotchi sifatida aholiga qo‘y, parranda va tuya yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Mazkur jamiyat rahbari Anvarbek Quronbayev 1 oy oldin Tojikiston Respublikasidan zotdor 40 bosh qo‘y olib kelgan. Hozirda qo‘ylar qo‘zilagani bois 80 boshga yetgan. Mazkur zotdor qo‘ylar go‘shti uchun yetishtiriladi. Yangi tug‘ilgan qo‘zilar  3-4 oyda  80 kggacha tosh bosadi. Jamiyat aholiga qo‘ylarni kredit asosida yetkazib bermoqda. Shuningdek, bu yerda 11 ta bir o‘rkachli 7 ta 2 o‘rkachli nor tuyalar ham boqilmoqda. Jamiyat rahbari kelgusida junni qayta ishlash korxonasi tashkil etish va gidrononika usulida bug‘doyni undirib undan yem ishlab chiqarishni ham  yo‘lga qo‘yishni niyat qilgan.

Jamiyat qoshida kooperativ tashkil etilgan bo‘lib bu yerda Rossiya davlatidan olib kelingan zottor tovuq tuxumlarida 2000 ta jo‘ja parvarishlanib, 40 kunlik jo‘jalar aholiga kreditga berilmoqda.

Tadbir doirasida jamiyat ishchi xodimlariga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.    

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+