Partiya yetakchisi Xo‘jaylida yaqinda faoliyat boshlagan “Ijtimoiy shaharcha”da bo‘ldi

15.03.2022, 11:26

Partiya yetakchisi Xo‘jaylida yaqinda faoliyat boshlagan “Ijtimoiy shaharcha”da bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri  o‘rinbosari,  O’zbekiston   fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam   Xaitov Xo‘jayli tumanida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi tomorqalarini ko‘zdan kechirdi.

Dastlab Aktam Xaitov tumanda yaqinda foydalanishga topshirilgan  “Ijtimoiy shaharcha”da bo‘ldi. Xo‘jayli tumanidagi “Sarishungil” ovul   fuqarolar  yig‘ini  hududidagi avvalgi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi binosi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz, uy-joyga muxtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish maqsadida “Ijtimoiy shaharcha” ga aylantirildi.

Shaharcha binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga, nogironligi  bo‘lgan  shaxslarga, uy-joyga muhtoj oilalarga 124 ta xonadon topshirildi.

 Bu yerda “Golden prayd Xodjeyli” hamda “Kegayli kun qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan 8 milliard  so‘mlik  qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu shaharcha faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad birinchidan ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, oila  a’zolarini kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikdan chiqarishdir.

Partiya yetakchisi “Ijtimoiy shaharcha”da istiqomat  qilayotgan oilalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.   

Xo‘jayli  tumanidagi “Xo‘jayli un mahsulotlari” MChJ tomonidan kuniga 200 tonna, oyiga esa 6 ming tonna unni qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.

 Foliyatini  boshlaganiga  ko‘p bo‘lmagan un zavodi 14 mlrd 112 mln so‘m  o‘z hisobidan va 1 mln 300 ming dollar chet el bank krediti hisobidan qurilgan. Partiya yetakchisi Aktam Xaitov “Sarishungil” ovul fuqarolar  yig‘inidagi ushbu “Xo‘jayli un mahsulotlari” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Partiya yetakchisi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning   sifati, xaridorbopligi, eksport import salohiyati, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Korxona  rahbari Rafat Xallibekov  bilan suhbatlashar ekan, uning korxonani kengaytirish kelgusi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi, o‘zining bir qator taklif va tavsiyalarini berdi.  

 Ma’lumot  o‘rnida  hududdagi  8 ta fermer xo‘jaligini tashkil etgan va hozirgi kunda  paxta-g‘alla bilan shug‘ullanib kelayotgan fermer Rafat Xallibekovning  kelgusi  reja va maqsadlari bisyor.    

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi  

Kengashi  matbuot  xizmati

  • Ko'rildi
    578
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+