Namanganlik talaba yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi

15.03.2022, 16:13

Namanganlik talaba yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi

O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashkiliy, partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan  ishlash bo‘limi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Namangan muhandislik qurilish instituti manaviyat zalida  talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Muloqotda Namangan viloyat Kengashi matbuot kotibi Komiljon Payziyev so‘z olib, mamlakatimizda keyingi  yillari yoshlarga qaratilayogan  e’tibor, yoshlarga oid  davlat siyosati doirasida yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlarning qabul qilinishi, unda yoshlarning ham taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz  rahbari tomonidan 4 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi davrda yoshlarimizning ilm-fan taraqqiyotida ularning ulushi va faolligini oshirishga ahamiyat qaratish kerakligi, kelgusida yaxshi yetuk kadrlar bo‘lib chiqishida e’tiborni kuchaytirish kerakligi qayd qilindi.

Yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida partiyaviy loyihalarning ahamiyati, unda yoshlarning  ham faolligini yanada oshirish masalasi bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi. Qolaversa institutning bir qator talaba yoshlari partiyaga a’zolikka qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+