Ishchi guruh faoliyati: Asaka tumanida parrandachilikka qiziqqan ayollar va yoshlar ishtirokida seminar tashkil qilindi

16.03.2022, 11:29

Ishchi guruh faoliyati: Asaka tumanida parrandachilikka qiziqqan ayollar va yoshlar ishtirokida seminar tashkil qilindi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan taraqqiyot strategiyasidagi qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish, chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish yo‘nalishidagi 32-maqsadni amalga oshirish yuzasidan Asaka tumani “Mehnatobod” MFYda joylashgan “Baraka hamkor” MChJda  amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda, OzLiDeP Andijon viloyat Kengashi vakillari, mahalliy kengash deputatlari, tadbirkor va fermerlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, partiya faollari, faxriylar, parrandachilikka qiziqqan ayollar va yoshlar ishtirok etdilar.

Mazkur seminarni OzLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilganlarga 2022 yilda viloyatda chorvachilikni rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, sohada joriy etilayotgan yangi loyihalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, mamlakat taraqqiyotida O`zLiDePning o‘rni va roli xususida alohida to‘xtab o‘tdi.

Seminar davomida ishtirokchilar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

-Parrandachilik yo‘nalishdagi tadbirlarning samaradorligini ta’minlash bizning ham vazifamizga aylangan, - deydi xalq noibi, “Samar agro” fermer xo‘jaligi rahbari Bahodirjon Axmedov. - Har bir deputat o‘z saylov okrugi hududida parrandachilikni rivojlantirishga mas’ul etib belgilandi. Bu borada mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari bilan hamkorlik o‘rnatildi. O’ylaymizki, tez orada dastlabki natijalar ko‘zga tashlanib qoladi.

Seminar davomida parrandachilik yo‘nalishida ish boshlamoqchi bo‘lgan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil tushunchalar berildi.

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+