Tomorqangiz bo‘sh yotmasin

16.03.2022, 15:44

Tomorqangiz bo‘sh yotmasin

Bugun odamlarda tomorqadan foydalanish madaniyati yaxshigina shakllanib ulgurganiga qaramay, bunga qunt qilmay, befarq qarayotganlar ham uchrab turibdi. Taassufki, Termiz tumanidagi Muhiddin Eshtemirov mahallasida yashovchi Zarxol Rahmonovaning xonadonidagi tomorqa ham ana shunday e’tibordan chetda qolgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov mahalla hududiga tashrifi chog‘ida ana shunday bo‘sh yotgan tomorqalarni ham ko‘zdan kechirdi. Z.Rahmonova, D.Yangiboyevlarning tomorqasiga hali ham ishlov berilmagani bois ular bundan unumli foydalanish lozimligi, aks holda qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini tushuntirdi. Shu kunning o‘zidayoq qishloq xo‘jaligi texnikasi jalb qilinib, bo‘sh yotgan va ishlov berilmagan yerlar ag‘darildi. 

Shuningdek, A.Xaitov hududdagi boshqa xonadonlarda ham bo‘lib, fuqarolar bilan yaqindan suhbatda bo‘ldi. Ularga issiqxona faoliyati, bugungi innovatsion texnologiyalar asosida qurilayotgan issiqxonalar va ularning qulayligi haqida tavsiyalar berdi. Aholining bu boradagi takliflarini ham o‘rganib, ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbir ham belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+