Tadbirkorlikka o‘qiyotgan talabalar tashabbuslari o‘rganildi

16.03.2022, 15:46

Tadbirkorlikka o‘qiyotgan talabalar tashabbuslari o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi tomorqalari, mahalladagi hokim yordamchilari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Aktam Xaitovning navbatdagi uchrashuvi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Bugun tadbirkorlikka o‘qitilayotgan yoshlarning g‘oyalari, tashabbuslari, rejalari bilan qiziqdi.

Tadbirkorlik yo‘nalishlari, uni yuritishda zarur bo‘ladigan qoidalar haqida, qolaversa, yosh tadbirkorlarning davlatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani va hatto ularga qator imtiyozlar berilayotgani aytildi. Ulardan foydalanish kerak. Albatta, hech bir ish ilmsiz yurmagani kabi bu yo‘nalishda tahsil olayotganlar nafaqat o‘zimizning, balki xorij tajribasini ham o‘rganish imkoniyatiga ega.

Uchrashuvda talabalar bilan birga, oliy ta’lim muassasasining professor o‘qituvchilari, fan nomzodlari va partiya faollari ham ishtirok etdi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasining 4-yo‘nalishi 47-maqsadida ko‘rsatilganidek oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, innovatsion ta’limni rivojlantirish borasida qilinajak vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Bir yo‘la A.Xaitov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining o‘tkazilayotgan yalpi majlislarda ko‘rilayotgan masalalar xususida ham tushuncha berib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    340
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+