Hamkorlikning yangi qirralari: 300 nafar faollarni birlashtirgan BPT faoliyati bilan tanishildi

16.03.2022, 16:49

Hamkorlikning yangi qirralari: 300 nafar faollarni birlashtirgan BPT faoliyati bilan tanishildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan ko‘plab yirik korxonalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibida qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Jizzax sement zavodi” ana shunday yirik korxonalardan biri hisoblanadi. 2014 yil ish boshlagan mazkur korxonada bir yilda 350 ming tonna oq va 760 ming tonna portland sement ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotning ma’lum qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Ayni paytda zavodda 900 nafarga yaqin hamyurtlarimizning bandligi ta’minlangan.

Mazkur korxonada o‘z saflariga 300 nafar faollarni birlashtirgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti ham faoliyat olib bormoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi xodimlari, deputatlar va partiya Ayollar, Yoshlar guruhi faollaridan iborat ishchi guruh korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida korxona rahbariyati va ishchi xodimlari Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasiga hamohang bo‘lgan partiya Saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar bilan yaqindan tanishtirib o‘tildi. Korxonada faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘inning hisobot-saylov yig‘ilishiga tayyorgarlikning borishiga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirildi. O’zaro hamkorlikning yangi qirralari kelishib olindi. 

Zavod rahbari Ismatullo Abdullayev yetakchiligidagi korxona xodimlari hamda quyi bo‘g‘in faollari bilan hamkorlikda hududdagi          50 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha “Manzilli reja” ishlab chiqildi. Shuningdek, partiya faollari zavod hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2500 tup mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilishida ham faol ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Bunday amaliy uchrashuvlar viloyatdagi boshqa korxonalarda ham davom ettiriladi.

Sherzod MAMATQULOV

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+