Parkentdagi fermerlar o‘zlariga yetakchi saylashdi

16.03.2022, 16:56

Parkentdagi fermerlar o‘zlariga yetakchi saylashdi

O’zLiDePning tayanch quyi tuzilmasi hisoblangan yana bir BPTda hisobot saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Parkent tumanidagi Fermerlar Kengashida tashkil etilgan boshlang‘iya tashkilotning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Faol ijtimoiy-siyosiy fuqarolik pozitsiyasi, mustaqil fikriga ega ekani, favqulotda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qila olishi va insoniy sifatlarini inobatga olib, BPTga ilgarigi yillarda samarali yetakchilik qilgan Azimov Umidjon raislikka qayta saylandi.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olgan O’zLiDeP Parkent tuman Kengashi apparat rahbari Komiljon Islomov “2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning “Inson qadrini ulug‘lash va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” yo‘nalishi borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirish muhim vazifalardan ekanini qayd etdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+