BPT sarhisobi: Mahalliy kengash deputatlari quyi bo‘g‘inlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan

16.03.2022, 16:59

BPT sarhisobi: Mahalliy kengash deputatlari quyi bo‘g‘inlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan

O'zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tarkibida 63ta  boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda 5 mingdan ortiq maslakdoshlarimiz jamlangan. Ayni paytda boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot- saylov yig‘ilishlari qizg‘in pallaga kirgan.

Jumladan, “Toma”, “Mojor”, “Mirza Salimiy” MFY lari qoshida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda 2021 yil mazkur quyi bo‘g‘inlar raislarining hisobotlari tinglandi.

Hisobot davrida mazkur quyi bo‘g‘in a’zolari partiya Dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni targ‘ib qilishda, shu mahallardagi muammolarni hal etilishida O'zLiDeP deputatlari quyi bo‘g‘in bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.

Birgina  “Toma” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan ishsiz ayollarni ish bilan band etishda O'zLiDeP tuman Kengashi deputati Ro‘zigul Magripova 2 nafar ishsiz ayollarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuv mashinalari olishda amaliy yordam ko‘rsatdi. “Mirza Salimiy” MFY hududidagi ichki ko‘chalarni ravon bo‘lishida tuman Kengashi deputati Shuhrat Arziqulovning hissasi katta.

Yig‘ilishlarda quyi bo‘g‘in a’zolari yetakchlarining hisobotlari qoniqarli deb topildi va BPT raisligiga qayta saylandilar.

     Raxmatullo Bobojonov,

O'zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    208
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+