O’zLiDePning yangi avlod kadrlari

16.03.2022, 17:03

O’zLiDePning yangi avlod kadrlari

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Guliston Davlat universitetida "Yangi avlod kadrlari" loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Bugungi yoshlar ijtimoiy-siyosiy hayotning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun nima qilishi kerak. Bilim va qobiliyatda sog‘lom raqobatni shakllantirgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan yoshlarning partiya safiga kirishi ham savolimizga  qisman javob bo‘ladi.

Tadbirda mazkur loyiha asosida aynan yoshlar o‘rtasida  targ‘ibotlar olib borilayotgani ta’kidlanib, ularning ertamiz egalari ekanligiga urg‘u berildi. Loyihaning mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida yoshlarning ham mulohazalari eshitildi.

Prezidentimizning 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni xotin-qizlar hayotida o‘ziga xos burilish yasadi. Farmonga muvofiq talaba qizlarning o‘qishlari va kontrakt pullari to‘lab berilishi juda katta yangilik bo‘ldi.

Bugungi talaba ertaga kadr sifatida hayotda o‘rnini topishida  ularning bilimi juda muhim. Bu borada universitetda yaratilgan sharoit, talabalarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish borasida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlar ularni ko‘proq izlanish, o‘rganishga undaydi.

Ilg‘or fikrli yoshlarning mulohazalari, bahslashishi "Yangi avlod kadrlari"ga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyati kengashi

 matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    215
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+