“Qonun ijodkorligi” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

16.03.2022, 17:05

“Qonun ijodkorligi” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

14-15 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tuzilmasidagi Parlamentarizmni rivojlantirish bo‘yicha BMT o‘quv markazi tomonidan “Qonun ijodkorligi” yo‘nalishidagi navbatdagi o‘quv kursi tashkil etildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” faollari ushbu ikki kunlik maxsus o‘quv kursida qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati borasidagi siyosiy, huquqiy malakasini yanada oshirishda o‘z bilimlarini mustahkamlashdi. Kelgusidagi rejalar bo‘yicha fikr almashildi va yoshlar tomonidan joylarda  ham shu kabi o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida takliflar o‘rtaga tashlandi. BMT o‘quv markazi  tomonidan takliflar qabul qilinib, yana bir uchrashuv tashkil etish haqida kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+