Denovning uddaburon, tashabbuskor tadbirkorlari bilan muloqot qilindi

17.03.2022, 11:46

Denovning uddaburon, tashabbuskor tadbirkorlari bilan muloqot qilindi

Denovliklar tadbirli xalq. Odamlar orasida “pulni pulga urishtiradigan”, degan ta’rif ham ularga qarata aytilgan. Shuning uchunmi, tumanda tadbirkor, fermer va tomorqa yer egalari ko‘p. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov Denovning ana shunday uddaburon, tashabbuskor tadbirkorlari bilan suhbatda bo‘ldi.

Albatta, ularning faoliyati bilan qiziqar ekan, muammolarini ham tingladi, ularga birga yechim topishlarini bildirdi. Axir, tadbirkorlik qilish osonmi?

Yig‘ilganlar imtiyozli kreditlar haqida so‘rashdi, Spiker o‘rinbosari bu haqida batafsil ma’lumotlarni berib o‘tdi. Ayniqsa, yaqinda davlat rahbari tomonidan 6 oy davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan xotin-qizlarga 300 million so‘m, 2 yillik faoliyatga ega xotin-qizlarga esa 1 milliardgacha, 3 yillik faoliyatga ega tadbirkor ayollarga 2 milliardgacha imtiyozli kreditlar ajratish taklifini bildirgani ayol tadbirkorlarimizning ham safini kengaytirishga xizmat qiladi. Uchrashuvda shular xususida ham aytib o‘tildi.

  • Ko'rildi
    539
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+