Endilikda zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan voz kechiladi

17.03.2022, 16:45

Endilikda zarar bilan ishlayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan voz kechiladi

Zarar bilan ishlayotgan va davlat bizni qo‘llab-quvvatlaydi, deb qo‘l qovushtirib turgan rahbarlar bilan endlilikda boshqacha ishlanadi. Ya’ni bunday korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash amaliyotidan butunlay voz kechiladi.

Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 mart kuni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash maqsadida davlat korxonalari transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amlaga oshirilmoqda. Prezidentimiz alohida ko‘rsatib o‘tganidek, 25 ta davlat korxonasida operatsion samaradorlikni oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Transport sohasidagi ishlarni ham qayta ko‘rib chiqish kerak. Tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirish, charter parvozlarga ruxsat berish tizimini soddalashtirish, mahalliy aeroportlarni mintaqaviy tranzit xabiga aylantirish choralarini ko‘rish zarur.

Eksport masalalari muhokama qilinar ekan, tashqi bozordagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib, transport va logistika masalalarini hal etish, mahsulotlarni yangi bozorlarga chiqarish masalasi ko‘rib chiqildi. Mutasaddi rahbarlar oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berishdi.

Iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash, bor imkoniyatlardan unumli foydalanish bugungi kun talabi. Ammo nega bu sohada sustkashlikka yo‘l qo‘yilyapti? Nega iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar va zamonaviy uslublardan oqilona foydalanilmayapti? Sohaga yangiliklarni olib kirish hamda davlat korxonalari faoliyatini yangi o‘zanga burib yuborish borasidagi ishlarni tartibga solishda har bir rahbar hamda xalq vakillari hisoblangan deputatlar ham o‘zlarini mas’ul ekanini his qilishi lozim. Zero, jonajon yurtimiz ravnaqi va kelajagini yaratishda hech kim chetda qolishi mumkin emas.

Hazratqul XO’JAMQULOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.

  • Ko'rildi
    476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+