Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

17.03.2022, 16:56

Yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” manomarkazida O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari tashabbusi bilan “Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish – ular bandligini ta’minlashdagi muhim vosita” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda deputatlarning faolligi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Ta’kidlanganidek, Taraqqiyot strategiyasida har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadi ham qo‘yilgan bo‘lib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini
30 foizga yetkazish, kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini to‘liq ravishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish, umumta’lim maktablarining kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish kabi vazifalar belgilangan.

Muloqot davomida hudud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bu vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlarning, maslakdoshlarimizning faolligini yanada oshirish, hamkor tashkilotlar bilan uzviy aloqalarni rivojlantirish, mehnat bozorida talab qilinayotgan mutaxassisliklarga yigit-qizlarni o‘qitish yuzasidan ko‘plab taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi.  Ularni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek ASATOV

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    686
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+