Oqdaryo tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil etildi

17.03.2022, 17:00

Oqdaryo tumanidagi tadbirkorlik sub’ektlariga biznes tur tashkil etildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Qulay biznes va investitsion muhit – tadbirkorlik faoliyatining muhim omili” mavzusida tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Oqdaryo tumanida biznes tur tashkil etildi.

Dastlab partiya faollari tumandagi “Zarafshon tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Loyish-2 filiali faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv chog‘ida dastlab korxona xodimlari bilan amaliy muloqot qilishib, ularga partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari hamda partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Partiya faollari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tayyor trikotaj keyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona 2019 yilda Turkiya texnologiyasi asosida ishga tushirilgan bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 90 foizi xorijga eksport qilinmoqda. Ayni kunda korxonada 350 nafar xotin-qizlar ish bilan band.

 Qodir Shoyimov, 

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi 

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    577
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+