Gul yetishtirish ilmini egallagan ayol tadbirkor

17.03.2022, 17:04

Gul yetishtirish ilmini egallagan ayol tadbirkor

Bugun tadbirkor ayollarimiz safi ko‘paymoqda. Bu ham bo‘lsa, ularga o‘z biznesini boshlashlari uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar sharofati bilan. Termiz shahridagi “Jo‘yijangal” mahallasida yashovchi Sayyod Shomurodova ham ana shunday g‘ayratli tadbirkorlardan.

Ayni paytda "Termiz Original" MChJ ga rahbarlik qiladi. Bir necha yillardan beri issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi.  Oz‘LiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi "Ayollar qanoti" va Termiz shahar Kengashi  apparat rahbari Sayyod Shomurodovaning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uning issiqxonasida bo‘lishib, o‘stirilayotgan gullarni ko‘zdan kechirishdi.

"Bir tomorqa — bir mahsulot" loyihasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor issiqxonada oilaviy mehnat qilishadi. Qolaversa, shu mahallada yashovchi xotin-qizlarni ham mavsumiy ishlarga jalb etishadi.

Suhbat jarayonida tadbirkorning tajribasini boshqa xotin-qizlarga ham o‘rgatish, ularni ham o‘z tomorqalarida mana shunday issiqxonalarda foydali mehnat bilan band bo‘lishlariga ko‘maklashish lozimligi aytildi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    748
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+