Kattabog‘lik ko‘chatchiga 300 mln. so‘mlik imtiyozli kredit ajratiladi

17.03.2022, 17:06

Kattabog‘lik ko‘chatchiga 300 mln. so‘mlik imtiyozli kredit ajratiladi

Sherobod tumanidagi 5135 nafar aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni esa 917 tani tashkil etadi. Hududda yashovchi Salim Raxmonov o‘z xonadonidagi tomorqada 1,5 sotix joyda issiqxona tashkil etib, unda limon yetishtiradi. Faqat limonchilik bilan cheklanmagan Salim Raxmonov uzum va shaftolining 7 xil ko‘chatini ham Quvadan olib kelib, shu yerda parvarish qilishni yo‘lga qo‘ygan. Ko‘chatlarni mahalladoshlariga ham ulashadi ham va ularni tomorqasini bo‘sh qo‘ymaslikka undaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov ushbu xonadonda bo‘lib, u yerda yetishtirilayotgan ko‘chatlarni ko‘zdan kechirdi. Salim Raxmonovga “Tomorqa xizmati” MChJ tashkil etib, shu yerdagi aholiga ko‘chat yetkazib berishi uchun 300 million so‘mlik 10 foizlik kredit ajratilishiga ko‘maklashadigan bo‘ldi.

Shundan so‘ng, S.Raxmonov  ko‘chatlarni payvandlash, ularga ishlov berish, parvarish qilish bo‘yicha aholiga tavsiyalar berib, ko‘chatlar uchun zarur bo‘ladigan o‘g‘itlarni ham yetkazib beradi. Bira to‘la poliz mahsulotlari ko‘chatlarini yetkazib berish xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalla raisi Rustam Ortiqovning aytishicha, hozirda mahalladagi 80 nafar fuqaroning auksionda 10 yilga ijaraga 15,20 sotix yer olishlari uchun hujjatlari tayyorlangan. Agar mahallaning o‘zida “Tomorqa xizmati” tashkil etilsa, yer olib, dehqonchilik qilaman degan fuqarolar uchun ham bu ayni muddao bo‘ladi. 

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    245
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+