Siyosiy savodxonlik – partiya xodimi uchun muhim jihat

05.03.2018, 16:26

Siyosiy savodxonlik – partiya xodimi uchun muhim jihat

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Nukus shahridagi “Massaget” mehmonxonasida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini keng tarzda o‘rganish hamda mazkur murojaatnomadan kelib chiquvchi partiya hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalarga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) Kengashi xodimlari va deputatlik guruhi rahbarlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, partiya faollari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda siyosiy partiyalar faoliyatida tahliliy ishlarning maqsadi, mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

– Siyosiy partiya a’zosi birinchi galda targ‘ibotchi bo‘lishi kerak, –  deydi Taxtako‘pir tuman Kengashidagi ijrochi kotib Gulnara Rahmanova. – Bu sohada ancha yillardan buyon ishlab kelayotgan bo‘lsamda hali o‘rganishim kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p ekan. Bugungi o‘quvda aytilgan topshiriq va ko‘rsatmalar kelgusi faoliyatimizda asqotishi shubhasiz.

Seminar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan barcha partiya tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1736
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+