BPT faoliyati sarhisobi: “Barkamol avlod” bolalar maktabi 960 nafar o‘quvchilarni turli yo‘nalishdagi to‘garaklarda o‘qitgan

24.03.2022, 11:04

BPT faoliyati sarhisobi: “Barkamol avlod” bolalar maktabi 960 nafar o‘quvchilarni turli yo‘nalishdagi to‘garaklarda o‘qitgan

Buxoro viloyati  Qorovulbozor  tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi qoshida tashkil etilgan BPTda bo‘lib o‘tgan hisobot–saylov yig‘ilishida ishtirok etgan partiya xayrixohlari va a’zolari tomonidan dastlab boshlang‘ich partiya tashkilotining 2021 yildagi ishi tanqidiy -tahlil qilinib, BPT raisi Dildora Raximovaning yillik hisoboti muhokamaga qo‘yildi, hisobot davri mobaynida BPT faoliyatiga oid xatolar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, quyi bo‘g‘inning tuman partiya tashkiloti bilan hamkorlikda yil davomida  partiyaviy-targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazishda hamda partiya a’zolarini sonini ko‘paytirishga qaratilgan e’tibori alohida e’tirof etildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan yo‘nalish va maqsadlar bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi hamda ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Ta’kidlash o‘rinliki, “Barkamol avlod” bolalar maktabida 7 ta yo‘nalishda 32 ta to‘garaklarda faoliyat yuritayotgan pedagogika jamoasi o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida bir qator ishlarni amalga oshirishmoqda. Mazkur  to‘garaklarda 96 ta guruhga jami 960 nafar o‘quvchi jalb etilgan bo‘lib, ularning 170 nafari “Madaniyat va sa’nat” yo‘nalishida, 90 nafari “Texnika konstukktorlik va modellashtirish” yo‘nalishida, 120 nafari esa  “Jismoniy tarbiya va sport” singari yo‘nalishlarda qamrab olingan. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh tashabbus doirasida maktabda “Tasviriy san’at”, “Milliy raqs”, “Stol tennisi”, “Kompyuter dizayni va grafikasi” to‘garaklari tashkil qilingan.

E’tiborlisi, hududdagi 18 nafar “Temir daftar”ga kirgan va kam tamilangan oilalarning farzandlari ham to‘garaklarga jalb etilgan.

Yig‘ilishda “Barkamol avlod” bolalar maktabi BPT tomonidan amalga oshirib kelinayotgan shunday ibratli ishlar ham e’tirof etilib, uning faoliyati ijobiy baholandi. BPT raisligiga Dildora Raximova qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    541
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+