O’zLiDeP faollari jizzaxlik yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

24.03.2022, 11:12

O’zLiDeP faollari jizzaxlik yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faollari tomonidan tadbirkor yoshlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini o‘rganish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida bir qancha uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi Elyor Jo‘rayevlar ham taklif etilgan uchrashuvlar davomida, maslakdoshlarimiz, dastlab Jizzax shahridagi Jizzaxlik mahallasidagi Gulhayo Botirova xonadoniga tashrif buyurishdi.

Tadbirkor qiz tijorat bankidan 33 mln. so‘m imtiyozli kredit olib parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan. Muloqot davomida tadbirkor qiz faoliyati, kelgusi ish rejalari haqida gapirib berdi. Mahallarda faoliyat boshlagan O’zLiDeP faollari bo‘lgan hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi Dilfuza Yusupova esa tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ayni paytda 3 nafar mahalladoshini doimiy ish bilan ta’minlashga erishgan. Suhbat chog‘ida Dilfuza mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib,  yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar, soliq tizimidagi yangiliklar to‘g‘risida o‘zini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qildi. Uning barcha savollariga batafsil javoblar qaytarildi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Komil Djabborov esa kosibchilik bilan shug‘ullanadi. 18 xil turdagi mahsulot tayyorlayotgan kosib 4 nafar kishining bandligini ta’minlashga hissa qo‘shdi. Uning kelgusidagi rejalari amalga oshsa, yana 10 nafardan oshiq kishining bandligini ta’minlash mumkin.

Ishchi guruh a’zolari yosh tadbirkorning yangi biznes rejasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldilar.

Yosh tadbirkorlar bilan muloqotlardan so‘ng, bundan keyin ham doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri

 

  • Ko'rildi
    494
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+