Deputatlik eshituvi: Xorazmda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda monopoliyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil qilindi

24.03.2022, 18:43

Deputatlik eshituvi: Xorazmda  ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda monopoliyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi o‘tkazildi.

Unda deputatlar dastlab hududda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xamdam Maxmudovning axborotini tinglashdi.

Boshqarma tomonidan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan atmosferaga chiqindi chiqaruvchi 43 ta korxonalarda nazorat o‘tkazilib, 302 ta turg‘un manbadan 1203 ta namunalar olinib tahlillar o‘tkazildi. Shundan 4 ta manbada me’yordan ortiq ifloslanish holatlari aniqlanib, qo‘shimcha 52,7 mln so‘mlik kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi.

Viloyatda 255 819 ta manzarali ko‘p yillik daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 233 235 ta daraxtlar elektron bazaga kiritildi, 176 686 ta daraxtlarga birkalar o‘rnatildi.

O’tgan yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyat hududiga 14 million 490 ming dona daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan bo‘lib, kuz mavsumining o‘zida 5 mln 670 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. 2022 yil bahor mavsumida viloyat hududiga jami 9 mln. 056 ming dona ko‘chatlari ekilishi belgilangan bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 4 mln. 346 ming dona ko‘chatlar ekildi. O’tgan yili jami 42 968 ta daraxtlarni kesish bo‘yicha 194 ta arizalar o‘rganilib tegishli xulosalar berildi.

Deputatlar joylarda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Shundan so‘ng Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdug‘affor Salimovlarning axboroti tinglandi. 

Bugungi kunda viloyat hududida Tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning Davlat reyestriga kiritilgan sub’ektlar soni 7 tani, mahsulot (ish, xizmat)lar soni esa 6 tani tashkil qildi.

Hududiy boshqarma tomonidan muntazam ravishda birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va monopol tovarlarni belgilangan grafik asosida savdolariga qo‘yilishi va sotilishi, birjada shakllangan o‘rtacha narxlardagi o‘zgarishlar va korxonalar tomonidan belgilangan grafiklarga rioya qilinishi bo‘yicha doimiy ravishda o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari viloyat hududidagi 3 ta paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari tomonidan texnik chigit mahsulotini birja savdolarida sotishda kelishib olingan holda narxlarni asossiz ravishda oshirilganligi holati bo‘yicha tegishli tartibda ishlar qo‘zg‘atilib qonunbuzilish holatlari bartaraf qilinishi ta’minlangan.

Shuningdek, raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik ta’lablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan 31 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan.

Deputatlar tomonidan mazkur sohada ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tadbirkorlar va korxonalar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tgazish borasida kelishib olindi. 

Umid Nurmetov,

O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

STM va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    751
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+