Deputat tumandagi oilaviy poliklinikalar holatini o‘rgandi
25.03.2022, 15:08

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyiga chiqqan holda bartaraf etish maqsadida o‘z saylov okrugida bo‘ldi.
Xalq vakili Buvayda tumanidagi oilaviy poliklinikalar faoliyatini o‘rganishdan boshladi. Ushbu tumandagi 22-Oilaviy poliklinikada bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlar ko‘rsatilishi holatlari bilan tanishdi. Shifokorlar bilan suhbat jarayonida ushbu poliklinika ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani, aholiga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yetarli emasligi, binoning isitish tizimi nosozligi, hamshiralar yetishmasligi kabi masalalarda murojaat qilindi. Deputat ushbu muammoni o‘z nazoratiga oldi va tegishli tashkilotlar orqali ijobiy yechim topishga va’da berdi.
- O’tgan haftada Davlatimiz rahbari mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, qator muhim topshiriqlarni belgilab bergan edi, - deydi deputat M. Ibragimova. - Shu maqsadda biz deputatlar uchrashuvlarimizda birinchi navbatda asosiy e’tiborimizni tumandagi oilaviy poliklinikalar, tibbiyot birlashmalari holatini o‘rganishdan boshladik. O’rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, haqiqatdan ham ayrim poliklinikalar talabga javob bermaydi, ayrimlarida xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, tez tibbiy yordam mashinalari eskirib bo‘lganligi ko‘zga tashlanmoqda. Albatta, ushbu aniqlangan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etiladi. Xalqimiz yaqin besh yil ichida sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Tibbiyotimiz esa eng rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
-
Xitoy tajribasi asosida alohida dastur amalga oshiriladi
12.05.2023, 10:16
Fikringizni qoldiring