Quyi bo‘g‘inlarda sarhisob yig‘ilishlari davom etmoqda

25.03.2022, 17:24

Quyi bo‘g‘inlarda sarhisob yig‘ilishlari davom etmoqda

Oqdaryo tumani bandlikka ko‘maklashish tuman markazi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tuman filiali qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishlarida o‘tgan yilgi faoliyatlari tahlil qilindi.

Yig‘ilishlarda Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ish-rejasi tasdiqlab olindi.

Ma’lumki, taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizda  2026 yilga kelib O’zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 baravarga qisqartiriladi. Buning uchun 2,5 mln norasmiy ishchining bandligi legallashtiriladi, 700 mingdan ortiq ishsiz xotin-qizlar davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitiladi, imkoniyati cheklanganlarning bandligi 3 baravarga oshiriladi. Qolaversa, ijtimoiy kodeksni qabul qilish ham rejalashtirilganligi ko‘zda tutilgan. Shuningdek,  bank sohasidagi o‘zgarishlar ya’ni davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlash hamda bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish haqidagi ma’lumotlar qayd etildi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi va mazkur tashkilotlarning BPT raislariga qayta ishonch bildirildi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    511
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+