Samarqand tumanida O‘zLiDeP va yoshlar yetakchilarining hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

25.03.2022, 17:27

Samarqand tumanida O‘zLiDeP va yoshlar yetakchilarining hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan tumandagi mahallalarning yoshlar yetakchilari ishtirokida “O‘zLiDeP va yoshlar yetakchilarining hamkorligi” mavzusida amaliy muloqot o‘tkazildi.

Partiyaning Samarqand tuman Kengashi raisi A.Umarov, Kengash raisining birinchi o‘rinbosari M.Sobirov, tuman Kengashi deputati A.Maxmudov hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etgan tadbirda partiya va yoshlar yetakchilarining hamkorligini kuchaytirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamkorlikda chora-tadbirlarni belgilash, O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, bunda guruh a’zoligiga faol yoshlar yetakchilarini jalb qilgan holda yoshlarni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, yoshlar muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda partiya vositalaridan foydalanish, tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish orqali ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashda partiya va yoshlar yetakchilarining hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Qodir Shoyimov,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    594
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+