Deputat tashabbusi: Bog‘chadagi ichimlik suvi muammosi hal qilindi

25.03.2022, 17:34

Deputat tashabbusi: Bog‘chadagi ichimlik suvi muammosi hal qilindi

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi deputati Sohiba G’afforova «Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi" loyihasi asosida muammoni hal qildi.

Deputatlarning faolligini oshirish uchun biron ko‘rsatma yoki yo‘riqnoma  yo‘q. Nomzodning saylovoldi dasturi-saylovchining ishonchini qozonadi. Deputat bo‘lgach, uni yo‘qlashlaridan ko‘ra, deputat saylovchilari oldiga borishi vijdonli insonning ishi.

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi «Ayollar qanoti» rahbari, deputat Sohiba G’affarova "Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi" loyihasi asosida  hududlarga tez-tez borib turadi. Bu gal deputat Yangiyer shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

9- sonli DMTT 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, jamoada 25 nafar tarbiyachi va xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Ta’lim tashkilotida  bir yildan buyon ichimlik suvi muammosi hal bo‘lmay kelayotgandi. Albatta, DMTT direktori Nazokat Hakimova hamda Yangiyer shahar MTM bo‘limi mudiri D.Ibragimovlar ham Yangiyer shahar "Suvta’minoti" korxonasiga bir necha bor murojaat etishgandi. Ammo natija bo‘lmadi.

So‘zi bilan ishi bir Sohiba G’afforova Yangiyer tuman Xalq deputatlari guruhi rahbari sifatida muammoni hal qilishga kirishdi. Aylanib borib, muammo suv trubalarining yetishmaganligi oqibatida ekanligi aniqlandi.  Sohiba G’affarova xomiyligida suv turbalari olib beriladi va ertasi kuni ish boshlab yuborildi. Hozirda 9- sonli DMTTda ichimlik suvi muammosi hal etildi. Jamoa ham, ota-onalar ham xursand. Har qadamda ichimlik suvining yetishmovchiligidan nolishlar barham topdi.

O’zLiDeP Yangiyer shahar Kengashi «Ayollar qanoti» raisi, O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Sohiba G’affarovaga bog‘cha jamoasi va ota-onalar minnatdorchilik bildirishdi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    680
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+