Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari tushuntirildi

25.03.2022, 17:36

Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari tushuntirildi

O`zLiDeP Xovos tuman Kengashi tomonidan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Farzand tug‘ilsa – avlodimning davomchilari, deb quvonadigan ota-onalar ularning bo‘yi yetgani sari orzulari ham bo‘y cho‘zaveradi. Ayniqsa,  qiz uzatish, o‘g‘il uylantirish-ayrim ota-onalarning ixtiyorida. “O’rtadagi oqibat ko‘tarilmasin”, degan gapni mahkam ushlab yaqin qarindoshdan qiz olib, qiz uzatganlar hamon uchrab turibdi. Buning ta’siri avlodlarning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini tan olmaganlar yillar o‘tib armonda qolgani befoyda.

Tadbirda O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Husan Jabborov, partiya tuman Kengashi apparat rahbari Baxodir Uralov, tuman kengashi deputati Temur Razzoqov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Dilkaram Ernazarovalar mavzu yuzasidan fikrlarini bildirishdi.

Yoshlarning bilim olishi va kasb-hunar egallashi uchun harakat qilgan ota-ona ularning kelajagi uchun ham zamin yaratishadi. Vaqt o‘tib, albatta buning rohatini yana ota-onalar ko‘rishadi. Shu o‘rinda farzandlar tarbiyasiga, ayni balog‘at yoshiga yetgan paytda ularni e’tiborsiz qoldirayotganlar tufayli oilaning sha’niga dog‘ tushirayotganlar ham yo‘q emas.

O’tgan 2021 yil mobaynida Xovos tuman 1-son FHDYo bo‘limi tomonidan 681 ta nikoh qayd qilingan. Biroq 118 ta oila ajrim guvohnomasi olganini aytishga oson. Aksariyat hollarda yoshlarning qiyinchiliklarga chidamsizligi, muomila madaniyati yo‘qligi, biron ish joyiga ega emasligi, kasb-hunari yo‘qligi  sabab bo‘lganligi aytildi.

Albatta, salbiy faktlar, ayniqsa, ajrim haqidagi raqamlar bitta bo‘lsa ham ko‘p. Buning oldini olish nafaqat ota-onalar, balki yoshlarning o‘ziga bog‘liq. Shu o‘rinda namunali oilalar, hayotda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan qiz-yigitlar  ko‘pchilikning havasini keltirishi tayin.

Tadbir yakunda Yoshlar qanoti faoli, yosh ijodkor Dilnoza Zokirovaning “Qumli ko‘zyoshlar” va “Burch va matonat” nomli kitoblari tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi kutubxonasiga topshirildi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1062
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+