Deputat mahalladagi xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘ldi

25.03.2022, 17:41

Deputat mahalladagi xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘ldi

O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Ayollar qanoti”  tashabbusi bilan  Farg‘ona viloyati O’zbekiston tumani “Ziyo Nursux” MFYda  “2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”ning hamda Taraqqiyot strategiyasining Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishining 53 va 56-maqsadlarda belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan tadbir tashkil etildi.

Unda O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” va partiya tuman Kengashi faollari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari,  mahalla mutasaddilari, “Ziyo Nursux” MFYda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etdilar.

 Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, OMQP deputati Mavludaxon Xodjayeva tomonidan ishtirokchilarga Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati hamda 18 mart kuni sog‘liqni saqlash xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqot mobaynida ko‘tarilgan masalalar batafsil tushuntirib o‘tildi.

M. Xadjayeva o‘z ma’ruzasida Farmonda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy tomondan himoya qilish, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishdagi imkoniyatlar, ularni kasbga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga qaratilgan vazifalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, 18 mart kuni Davlat rahbari va sog‘liqni saqlash xodimlarining uchrashuvida ko‘rib chiqilgan masalalar, takliflar va bu sohada kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar mavzuga oid bir qator savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qilishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar, taklif va tavsiyalarni olishdi.

  • Ko'rildi
    736
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+