BPT sarhisobi: Quyi bo‘g‘in tashabbusi bilan 12 nafar yoshlar ishli bo‘ldi, 10 nafar xotin-qizlar kasbga o‘qitildi
25.03.2022, 17:44

Sharof Rashidov tumani “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Egamnazar Xushmurodov yetakchiligida faoliyat olib borayotgan va o‘z saflariga 45 nafar faol maslakdoshlarimizni birlashtirgan Boshlang‘ich partiya tashkilotida ham hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli tomoni tadbirda nafaqat BPT faollari, balki deputatlar, partiya safiga kirish istagida bo‘lgan yoshlar hamda mahalladagi xususiy va oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz ham taklif qilindi.
E’tiborli tomoni BPT raisi Egamnazar Xushmurodov mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi etib saylandi. Bu esa, quyi bo‘g‘in raisi va u yetakchilik qilayotgan BPT faollariga mahalladoshlarining ishonchini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Quyi bo‘g‘in yetakchisi o‘z hisobotida mahalladagi har bir jarayonda maslakdoshlarimiz faol ishtirok etishayotganini, deputatlar, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Temir daftar”, Ayollar va Yoshlar daftariga kiritilgan mahalladoshlari muammolarini hal qilishda jonbozlik ko‘rsatayotganliklarini alohida ta’kidladi. Bu boradagi diqqatga sazovor misollarni keltirdi. Masalan, aynan maslakdoshlarimiz sa’y-harakatlari bilan mahalladagi 12 nafar uyushmagan yoshlar bandligi ta’minlandi. 10 nafardan ortiq xotin-qizlar kasb-hunar o‘rgatishga yo‘naltirildi. Shuningdek, 4 nafar fuqaro xususiy va oilaviy tadbirkorlikka jalb qilindi.
Shuningdek, quyi bo‘g‘in yetakchisi “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlati dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosi maslakdoshlarimizga yanada katta mas’uliyat yuklashini, ularni amalga oshirishda hokim yordamchisi sifatida BPT faollariga suyanishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari yetakchi hisobotini qoniqarli deb topishdi va uni bir ovozdan quyi bo‘g‘in raisligiga qaytadan saylashdi. Hisobot-saylov yig‘ilishida, tadbirda ilk bor ishtirok etayotgan va partiyaga a’zo bo‘lish istagidagi 10 nafar faollar ro‘yxati shakllantirildi.
Oybek Umurzoqov,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi boshlang‘ich
partiya tashkilotlari bilan ishlash guruhi rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48
-
Iqtidorli yoshlar partiya safiga qo‘shildi
27.01.2023, 18:12
-
BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55
-
"Uzbekistan GTL" MChJda maslakdoshlar safi kengaymoqda
29.11.2022, 14:56
-
“Buxorobaliq” MChJda qoshida tashkil qilingan BPT a’zolari soni yana ortdi
28.11.2022, 15:13
Fikringizni qoldiring