Xorijiy investitsiyalar oqimi oshadi

28.03.2022, 11:13

Xorijiy investitsiyalar oqimi oshadi

Kuni kecha poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda davlatimiz rahbari ishtirok etib, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohot va yangilanishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalar ekan, investorlar uchun eng qulay va jozibador sharoitlarni yaratish, xorijiy hamkor va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni har tomonlama mustahkamlash borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilishini bildirdi.

Aytish joizki, mamlakatimizda investitsion faoliyat O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari bilan tartibga solinadi.

Yurtimizda investitsion muhitni yanada yaxshilash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlar ishonchini mustahkamlash bo‘yicha amaliy choralar olib borilmoqda. Bu esa tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilyapti.

Ishonchim komilki, ushbu forum va unda ilgari surilgan tashabbuslar biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, odamlarning yashash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy investitsiyalar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.

G’ayrat ABDIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati

  • Ko'rildi
    857
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+