Deputat saylovchilar bilan uchrashuvi davomida aholi tomorqalarini ham ko‘zdan kechirdi

28.03.2022, 16:27

Deputat saylovchilar bilan uchrashuvi davomida aholi tomorqalarini ham ko‘zdan kechirdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganayotgani haqida xabar bergan edik.

Parlament quyi palatasi deputati To‘lqinjon Karimovning  Marhamat tumani tibbiyot bo‘limida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi samimiy, foydali va bahs-munozaralar tarzida o‘tdi.

Deputat tibbiyot sohasi vakillari, mahalla faollari, faxriylar kengashi a’zolari, mahalliy kengash deputatlari bilan uchrashuvda joriy yilning 18 mart kuni Prezidentimizning mamlakatimiz tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqoti xususida fikr yuritdi. Ochiq muloqotda tibbiyot tizimidagi ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surilganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyat qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi uzoq vaqt talab etadigan muammolar nazoratga olindi.

Xalq vakili partiya faollari, hokim yordamchilari bilan aholi tomrqalarini ko‘zdan kechirdi. Tumandagi “Durafshon” mahallasidagi Gavharoy Astanova va Mohidil Nuriddinovalar xonadonida bo‘ldilar.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili 4 nafar ishchi o‘rniga ega Moxidilxon Nuriddinova xonadoni bo‘ldi. 5 sotixli yer maydonida hokim yordamchisi ko‘magi bilan bank krediti evaziga issiqxona tashkil etib, limon va ko‘katlar yetishtirmoqda.

O’rganishlar asnosida xalq vakili bu yerda yetishtirilayotgan limon, pomidor va bodring mahsulotlari yetishtirish tajribasini tumandagi boshqa mahallalarda ham joriy qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

  • Ko'rildi
    601
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+