Deputat mahalladagi muammolarni o‘z nazoratiga oldi
28.03.2022, 16:39

108-Oltiariq saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bahrom Rahmonaliyev va tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Barcha murojaatlar yuzasidan tumandagi tegishli soha rahbarlariga muammolarni o‘rganib, qonuniy va ijobiy hal qilinishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi xar bir murojaat nazoratga olindi.
Kuning ikkinchi yarmida Oltiariq tumanidagi 4-sektor hududida joylashgan Zilxa, Fayziobod, Uq bo‘yra, Ustoz MFY fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Hududlarida keksa nuroniy otaxonlar, ziyolilar, mehnat faxriylari, mahalla faollari bilan uchrashib, ularni o‘ylantirayotgan masalalar, qishloqdagi muammolar atroflicha o‘rganildi. Muloqotda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar nazoratga olindi. Hududda fuqarolar va oqsoqollar tomonidan bir qancha masalalar ko‘tarildi. Oqboyra va Zilxa mahallasini bog‘lovchi yo‘lni ochib berish, ichki yo‘llarni asfastlash, ichimlik suvi, elektr energiyasidagi uzilishlar hamda tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha masalalar ko‘tarildi.
Deputati Bahrom Rahmonaliyev tumandagi 1-2-3-sektor binolarida mahalalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi. Yoshlar xalqqa yanada yaqin bo‘lish va fuqarolarning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga ko‘maklashish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini ochilishiga yordam berish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Deputat tomonidan yoshlar yotakchilari bilan kelgusidagi ishlar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro kelishb olishdi.
Shuningdek, xalq vakili tumandagi Azimobod mahallasi fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida fuqarolar tomonidan tadbirkorlik, oilaviy muammolar, kommunal sohalar kabi masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar ham nazoratga olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Xalq manfaatlari qonunlarda aks etmoqda
22.05.2023, 19:10
-
O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi rivojida yangi davr boshlanmoqda
20.05.2023, 13:12
-
Kambag‘allikni qisqartirishda yangi dastur ishlab chiqildi
16.05.2023, 17:04
-
Energiya ta’minotida burilish davri boshlanmoqda
15.05.2023, 17:43
-
Xitoy tajribasi asosida alohida dastur amalga oshiriladi
12.05.2023, 10:16
Fikringizni qoldiring