Deputat oilaviy tadbirkorga joy ajratib berishda ko‘maklashadi
28.03.2022, 16:47
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Javlonbek Ergashev xalq qalbiga quloq solish, odamlarning dardu tashvishini tinglash, muammolarini hal etish maqsadida Paxtaobod tumanida bo‘lib, bir qator tadbirkorlik sub’ektlari muammosini o‘rgandi.
— Tumandagi "Rayyonaxon-Shukronaxon" MChJ faoliyati bilan tanishar ekanman, bu yerda 5 nafar yoshlar mehnat qilayotgani meni quvontirdi, – deydi J.Ergashev. – Korxonada asosan gipsdan gulli naqshlar ishlab chiqarilmoqda. Kelgusida tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirib, yana 20 ta ish o‘rni yaratish niyatida.
Xalq vakili "Milliy tiklanish ravnaqi" MChJda ham bo‘lib, tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ayni damda 30 nafar yoshlar mehnat qilayotgan korxonada qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Suhbat jarayonida tadbirkor korxonani kengaytirish harakatida yurganini aytib, bino va yer maydoniga ehtiyoji borligini bildirdi. Agar bu masalalar ijobiy hal etilsa, yana bir nechta ish o‘rni yaratilishi mumkin.
Xalq vakili tumandagi "Qashqar" mahallasida yashovchi Ahmadjon Ahmedov xonadonida bo‘lib, mazkur oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi. Korxonada asosan uy jihozlar, eshik-rom va mebellar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda ham joy masalasi muammo. Mazkur oilaviy korxonada 10 nafar yoshlarni bandligi ta’minlangan.
Ko‘rinib turibdiki, tumanda tadbirkor va hunarmandlar safi kengayib boryapti. Bu quvonarli albatta. Zotan, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, aholi real daromadlarini oshirish va hudud infratuzilmasini rivojlantirishda bu sa’y-harakatlarning ahamiyati juda katta.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring