Deputat mahalladagi xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi

28.03.2022, 16:54

Deputat mahalladagi xotin-qizlar muammolarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova Buvayda tumanidagi Nayman oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, u yerdagi holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

Oilaviy shifokorlik punktida shifokorlarning yetishmasligi, u yerda issiqlik tizimi yaxshi emasligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, emlash xonasi mavjudligi, sanitariya qoidalariga amal qilayotganlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi aholini emlash sifati ularni to‘liq vaksinalar bilan ta’minlanganligi haqidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishdi va ba’zi muammolarni joyida hal etishga erishildi.

Mavluda Ibragimova Buvayda tumanidagi Bachkir MFYda bo‘lib u yerdagi xususiy qo‘li gul chevar bilan muloqotda bo‘ldi. Gulnozxon  mahalladagi va qo‘shni mahallalardagi qizlarni ish bilan ta’minlash ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘zi yashab turgan xonadonda 20 nafardan ziyod yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatib kelmoqda.

Deputat tadbirkorga o‘z biznesini yanayam kengaytirish va boshqa yoshlarni ham ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamda tadbirkorlarga ajratilayotgan bir qator qulayliklar, ularga beriladigan kam foizli kreditlar bo‘yicha maslahatlarini berib o‘tdi.

Xalq vakili tumandagi Bachkir MFYda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ayol Bulutboyeva Zaxroxon xonadonida ham bo‘ldi. Ayolning turmush urtog‘i yo‘q va 3 nafar farzandi bilan qolgan. Sog‘lig‘ida muammolari borligi sababli ishlay olmaydi. Deputat ushbu oilaga o‘zining moddiy va ma’naviy yordamini ko‘rsatdi. Zaxroxonni esa shu mahalladagi tadbirkor ayolga shogird qilib ishga olishini biriktirdi.

Ushbu mahallada yashovchi boshqa ayollar ham deputat tashrifidan mamnun bo‘lib, o‘zlarini qiynayotgan muammo va savollariga atroflicha javob olishdi.

Shu mahallada yashovchi Basitxon opaga esa sog‘lig‘idagi muammolariga tegishlicha maslaxatlar berildi va qishloq shifokorlik punkti va tuman tibbiyot shifokorlari nazoratiga olindi.

Shuningdek fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan boshqa muammolar ham tegishli idora va vazirliklarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal etiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+