Saylovchilar muammolari tuman hokimi orqali hal qilinadigan bo‘ldi

28.03.2022, 17:25

Saylovchilar muammolari tuman hokimi orqali hal qilinadigan bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamovaning hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishi jarayonida aholidan kelib tushgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudayberdiyev hamrohlik qildi. 

Xalq vakillari Uychi tumani hokimi Shuxrat Musayev bilan uchrashishdi. Unda ikki kun davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalliy hamda tuman miqyosida hal etiladigan muammolarning barchasini yechimi bo‘yicha birma-bir kelishib olishdi.

Uchrashuv jarayonida Uychi tuman hokimi Sh.Musayev yaqindagina tuman hokimi etib saylangani va qisqa muddat ichida hududni to‘la o‘rganib, deputatlar keltirib o‘tgan muammo va masalalar tuman aholisini qiynab kelayotgani haqiqat ekani, qisqa fursatlarda qayd etilgan muammolarni bartaraf etilishi yuzasidan choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Ikki kun davom ettgan uchrashuvlarda Xalq vakili Uychi tumanidagi “Beruniy” mahallalasidagi muammolarni ham o‘rgandi.

Muloqotda aholi vakillaridan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, uy-joy qurish va olish uchun  kredit hamda subsidiyalar olish, dovolanish uchun moddiy yordam, farzandini talaba kontrakt pulini to‘lab berish kabi masalalarda murojaatlar bo‘ldi.

Shuningdek tumandagi “Xurriyat” mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashganda yuqoridagi kabi o‘xshash muammolar bilan saylovchilar murojaat etishdi. Ushbu masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va deputatlik nazoratiga olindi.

  • Ko'rildi
    530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+