O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli xonadonida seminar tashkil qilindi

28.03.2022, 17:31

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli xonadonida seminar  tashkil qilindi

O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi tomonidan tumandagi S.Ayniy MFY da  “Namunali tomorqachi”  loyihasi doirasida seminar tashkil qilindi.

Ayolning qo‘li gul, degan gap bor. Uning gulga qiziqishi bo‘lsa oila ham, hovli ham yaxshi kayfiyatning maskani deyavering.

Seminar mazkur MFYda istiqomat qilib kelayotgan Saodat  O’sarovaning xonadonida o‘tkazildi.

Issiqxonada barq urib o‘sayotgan pomidor ko‘chatlarining mitti g‘unchalari erta-indin dasturxonga fayz beradigan hosilning daragini berayapti. 4 sotixli issiqxona oilaning yaxshigina daromad manbaiga aylangan. Peshma-pesh ekinlar tur-turiga qarab parvarish qilinadi, hosil ham mehnatga yarasha.

- Qo‘shnilarim issiqxonamizni tajriba maktabi qilib olishgan, - deydi Saodat O’sarova. - Urug‘ qanday ekiladi, ko‘chat qanday parvarish qilinadi hammasini o‘rgatib turaman. Qo‘shnilarimiz ham yordamchi, ham o‘rganuvchi. Ekin joyimiz bo‘sh turmaydi pomidor pishsa, bodiring, undan keyin sarimsoqpiyoz ekamiz. Albatta urug‘ning sifati, parvarish eng muhimi.

Shu kuni Saodat O’sarova qo‘shni qizlarga xonaki gullarni parvarish qilish haqida ham maslahatlar berdi.  Saodat O’sarovaning «Namunali tomorqachi» nomiga munosibligi Boyovut tuman Kengashi tomonidan e’tirof etilib, u bilan uy bekalariga tomorqa, issiqxona ishlarini tashkil etish haqida suhbatlar uyushtirishga kelishildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    479
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+