Boysunning eng chekka qishlog‘ida yangi MTM ochildi

28.03.2022, 17:32

Boysunning eng chekka qishlog‘ida yangi MTM ochildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Boysun tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ochilishida ham ishtirok etdi.

Ushbu tadbirda Boysun tuman hokimi A. Jo‘rayev,  Surxondaryo viloyati MTM rahbari Sh. Xolliyeva ham qatnashdi.

Mazkur MTM 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Minchoq mahallasi bolajonlari uchun quvonchli bo‘ldi. Endilikda qishloq bolalari ham ko‘rkam,  shinam va zamonaviy tipdagi bog‘chada tarbiya topishadi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan besh yil davomida respublika bo‘ylab bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga qamrovi darajasi oshib bormoqda. Ayniqsa, Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham MTMlar sonini ikki barobarga oshirish,  bog‘cha bolalari qamrovi sonini yuz foizga chiqarish masalasi ko‘zda tutilgan.  Bundan maqsad bolajonlarimizni kelajakda sog‘lom, barkamol, zukko, bilimli bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdir.

  • Ko'rildi
    620
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+