Deputat saylovchilar muammolarini o‘z nazoratiga oldi

29.03.2022, 15:06

Deputat saylovchilar muammolarini o‘z nazoratiga oldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylov okruglarida aholi bilan muloqot qilib, ularning turmush tarzi va muammolarini o‘rgandi.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Aldamuratov ham  Qorao‘zak tumanidagi “Yesimo‘zak” OFY hududidagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda xalq  vakili Qonunchilik palatasida ko‘rilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, qabul  qilinayotgan  qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi. 

Shundan so‘ng saylovchilarning muammo va takliflari ham tinglandi.       Jumladan, “Yesimo‘zak” OFY hududidagi bolalar boqchasidagi isitish tizimini o‘zgartirish, tuman hokimligi tomonidan vaqtincha yashash uchun muhtoj oilalarga ajratilgan uyning tomini shiferlash, shaxsiy  uylarning  kadastr hujjatlarini tiklash, hududdagi qishloq vrachlik punktini qayta  ochish bo‘yicha murojatlar tinglanib, deputatlik vakolati doirasida yechimi vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar nazoratga olindi.   

Xalq vakili hududdagi 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, faoliyatini o‘rgandi. Mazkur tashkilot imorati 2019 yilda  qurilgan va foydalanishga topshirilgan. Mazkur muassasa 160 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 145 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Bog‘chada 42 nafar ishchi  xodimlar  faoliyat olib bormoqda.    

O’rganishlar  davomida  maktabgacha ta’lim tashkilotida toza ichimlik suvi va tabiiy gazga muhtojligi  aniqlandi, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va takliflar berildi.  Shuningdek ovulni tomorqa suvi bilan taminlashda nasos ajratish bo‘yicha murojaati yuzasidan   o‘rganishlar olib  borildi.

 Mahalla raisi bilan birgalikda yuzma-yuz muloqot jarayonida   hududni rivojlantirish borasida joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar qilindi.

Deputaning  o‘z  saylovchilari bilan uchrashuvi  Chimboy tumanida  ham davom etdi. Dastaval xalq vakili  Chimboy tumanidagi   8 sonli  maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, u yerda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  Tumandagi   tadbirkorlik  sub’ektlarida ham bo‘lib, ularning faoliyati, kelgusi reja va maqsadlari, muammo va takliflarini tingladi.   

Xalq vakilining saylovchilar bilan uchrashuvi Kegeyli tumanida ham  davom etdi.  

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    467
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+