Sog‘liqni saqlash tizimiga ham investitsiyalar oqimi yanada ko‘payadi

29.03.2022, 15:31

Sog‘liqni saqlash tizimiga ham investitsiyalar oqimi yanada ko‘payadi

O’tgan haftada bo‘lib o‘tgan Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydi. Unda O’zbekistonda umumiy hajmi 14,5 mlrd dollarga teng hamda 20 dan ortiq yo‘nalish va tarmoqlarni qamrab olgan 305 ta loyiha amalga oshirilayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish, energetika, transport, aviatsiya, infrastrukturaviy taraqqiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim va tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash sohalarida ham salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritilganligi alohida e’tirof etildi.

Avvalo shuni ta’kidlash joizki, keyingi besh yilning ichida Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda investiyaviy muhit yaratish bo‘yicha tizim yaratildi. Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi, viloyat, tuman, shahar hokimlarining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari joriy qilindi. Eng muhimi, investitsiya jozibadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Xorijiy investorlarga qulayliklar yaratish maqsadida qonunlarimizga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. Buning samarasi tufayli mamalkatimizga, shu jumladan, Namangan viloyatiga kirib kelayotgan investiyalar oqimi sezilarli ravishda ko‘paydi.

Barcha sohalarda bo‘lgani singari sog‘liqni saqlash tizimida, xususan, bizning kardiologiya markazi filialida ham buning yorqin misolini ko‘rish mumkin. Ana shunday sarmoyalar evaziga eng zamonaviy tibbiy apparatlar olib kelib o‘rnatdik. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklarga aniq tashxis qo‘yish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini shu joyning o‘zida bajarish imkoniyati yaratildi. Yurak xastaligi bilan kelgan yuzlab bemorlar poytaxt Toshkentdagi markaziy klinikalarga borib o‘tirmasdan shu yerning o‘zida dardlariga davo topganlaridan behad mamnun bo‘lishmoqda.

Shu ma’noda  Toshkent xalqaro investitsiya forumida ko‘plab sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimiga ham yangi-yangi investitsiyalarni olib kelish, bu borada jahondagi nufuzli kompaniyalar, moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilganidan juda xursandmiz. Chunki xalqimiz salomatligini mustahkamlash bo‘yicha oldimizda turgan vazifalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

                  Solijon MO’MINOV,

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+