O`zLiDeP faollari “Yashil bog‘lar barpo etamiz” aksiyasida faol ishtirok etmoqda

29.03.2022, 15:34

O`zLiDeP faollari “Yashil bog‘lar barpo etamiz” aksiyasida faol ishtirok etmoqda

Davlatimiz rahbari 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 million dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatiladi. «Agar O’zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar», — degan edi davlatimiz rahbari.

Ushbu belgilab berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Yashil yillik” tadbiri davomida O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari tomonidan “Yashil bog‘lar barpo etamiz” aksiyasi tashkil etildi.

O`zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruh tomonidan ushbu aksiya doirasida partiya Kengashlari atrofida 100 tupdan ortiq archalar va manzarali daraxtlar ekildi.

Nasiba Mo‘minova,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+