Deputat mahallabay - xonadonbay yurib, aholi muammolarini tingladi

30.03.2022, 16:52

Deputat mahallabay - xonadonbay yurib, aholi muammolarini  tingladi

Bugungi  kunda  tomorqa  yer  daromad  manbaiga  aylanmoqda.  Nukuslik yosh tadbirkor Babur Boranbayev ham ikki yildan buyon tadbirkorlik bilan  shug‘ullanib kelmoqda. 

Jumladan, 1 sotix yeridagi issiqxonasida to‘rt turdagi turli xil gullarni parvarish qilib, o‘z tomorqa yeridan samarali foydalanib kelmoqda. Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O’zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi Aklima Saypova ham mahallabay xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rgandi.  

Xalq  vakili Aklima Saypova va O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari B.Adilchayev va J.Yusupovlar “Allaniyaz Qaharman” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Babur Boranbayevning issiqxonasi bilan yaqindan tanishish maqsadida tomorqasida bo‘ldi.

Yosh tadbirkorning issiqxonasida parvarish qilinayotgan gullarning  o‘ziga xos xususiyatlari, kelgusi reja va maqsadi, fikr-takliflarini ham tingladi. 

Baburning kelgusi rejasi va maqsadi aniq. Mahalladagi hokim yordamchisi  Salauat Salilayevning yordami bilan  “Agro bank” 27 mln 500  ming so‘m miqdorida kredit ajratgan, bugungi kunda o‘z tadbirkorligin  yanada kengaytirish maqsadida biogomus bilan  shug‘ullanishni yo‘lga quydi.

Uchrashuv davomida Babur Boranbayev partiyaga xayrixohligini bildirdi.

Kunning ikkinchi yarimida mazkur mahallada yashovchi yana bir xonadon egasi Quo‘anish O’razbayev bilan muloqotda bo‘ldi. Xonadon egasining  rafiqasi Tursingul Shaniyazova hokim yordamchisi Salauat Salilayevning yordami bilan “Agro bank” dan olingan 30 mln so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditga biogomus ishlab chiqarish maqsadida Kaliforniya qurtlarini sotib oldi va hozirgi kunda o‘z faoliyatini boshlab yubordi. 

Bundan tashqari xalq vakili mahallada istiqot qiladigan kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan ham xabar oldi.  

O’zLiDeP  Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+