Cho‘ponobodga transformator kerak

30.03.2022, 16:54

Cho‘ponobodga transformator kerak

Cho‘ponobod ko‘chasi Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Eskiqishloq» mahallasining  eng chekka hududi hisoblanadi. Biroz olisroq hududda elektr energiyasida doimiy uzilishlar kuzatiladi. Buning ustiga elektr energiyasi kuchlanishi ham juda past. Hudud «Yangiariq» mahallasiga yaqinroq bo‘lgani bois, u yerdan 3 km masofaga elektr energiyasi liniyasi tortilsa, harna ko‘cha ahli bu uzilishlardan qutulgan bo‘lardi. Buning  uchun esa 1 dona   transformator hamda 60 dona simyog‘och  o‘rnatish kerak. Masala shu yerga kelganda aholiga ko‘mak zarur.

Mahalladagi 10-umumta’lim maktabida O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati Botir Kenjayev hamda Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Sh.Ahmedovlar mahalla aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazishdi. Unda ushbu muammoli masala ko‘ndalang tashlandi. Deputat hamda yordamchi ushbu masalani Qonunchilik palatasi deputati F.Samatovga tegishli tartibda yetkazib, deputatlik so‘rovlari chiqarilishini ma’lum qildi.

Qabul davomida mahalla aholisining 20 ga yaqin murojaatlari tinglandi. Shu bilan birga, shu yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raislari sayloviga  MFY dan qo‘yilayotgan 3 nafar nomzod bilan ham suhbatlashildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    330
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+