BPT sarhisob yig‘ilishlari davom etmoqda

31.03.2022, 15:16

BPT sarhisob yig‘ilishlari davom etmoqda

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashining "Xalq banki" tuman bo‘limidagi  BPTda  navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda partiya tuman Kengashi raisi o‘rinbosari - apparat rahbari B.Odilov va xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, faxriylar Kengashi a’zosi B.Bobokulovlar ishtirok etib, “Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022-yil - Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida" gi Prezident Farmonidan kelib chiqib, partiya azolari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Ma’lumki, Taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi 7-bandida  aynan tijorat banklari faoliyati bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Jumladan,  2022 yilda yillik inflyatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023 yilda 5 foizga hamda fiksal taqchillikni 3 foizga pasaytirish choralari ko‘rilib, keyinchalik inflyatsiya va davlat budjeti taqchilligi ushbu ko‘rsatkichdan oshmasligini ta’minlash, bunda davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilishi alohida ta’kidlangan.

Bu esa o‘z navbatida tashkilot BPT a’zolari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Chunki ular ham bank tizimi xodimlari hisoblanadi. Yig‘ilishda BPTda 2021 yilda  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BPT raisi  M.Sattorovani hisoboti tinglanib, 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya a’zolaridan Sh.Ibragimova, A.Davronovlar  o‘z fikr-mulohazalarini  bildirib o‘tdilar.

Hisobot-saylov yig‘ilishida Saidjon Karimov BPT ning raisi qilib saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    182
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+