Xotin-qizlar o‘rtasida psixologik seminar-trening o‘tkazildi

31.03.2022, 17:26

Xotin-qizlar o‘rtasida psixologik seminar-trening o‘tkazildi

O’zLiDeP Uchquduq tuman kengashi tashabbusi bilan “Farovon oila” loyihasi doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,  ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish, oilalardagi nizoli holatlar va ajralishlarning oldini olish maqsadida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Uchquduq tumani 18-umumta’lim maktabi faollar zalida yuzdan ortiq xotin-qizlarni qamrab olgan ushbu seminar-treningda tuman kengashi deputati, partiya “Ayollar qanoti” faoli G.Allanova, psixologlar B.Normamatova va  Yu.Naxalova hamda “Aytim”, “Do‘stlik”, “Mustaqillik” mahallalarining  xotin-qizlari va partiya faollari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 7 martdagi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Farovon oila” loyihasi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Psixologlar tomonidan ishtirokchilarga motivatsion dars o‘tildi. Xotin-qizlar kayfiyatini ko‘tarish maqsadida turli xil o‘yinlar uyushtirildi. Mahallalardan kelgan ayollar bilan suhbatlashildi, muammolari tinglandi, kerakli tavsiyalar berildi.

Seminar-trening savol-javoblarga boy ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Sh.Shokirova,

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    583
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+