Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash masalasi muhokama qilindi

31.03.2022, 17:33

Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash masalasi muhokama qilindi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi tashabbusi bilan “UzAuto Motors" AJ Xorazm filialida davra suhbati tashkil etildi.

Unda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasidan o‘rin olgan Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan  76-maqsad hamda Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan 78-maqsadlar asosida ma’lumotlar berilib o‘zaro fikr almashilindi. Tadbirda Tuproqqal’a tuman prakurori o‘rinbosari Asqar Ro‘zmetov, tuman IIB vakili Muxammadjon Ozodov, tuman bosh imomi G’ulomjon Bobojonov, partiya viloyat, tuman Kengashi mas’ullari hamda korxona ishchi xizmatchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar yoshlarni diniy ekstremizm va terorizm, “ommaviy madaniyat” hamda ma’naviy tahdidlar kabi salbiy illatlar va uning zararli oqibatlaridan asrash har bir O’zbekiston fuqarosining burchi ekanligini ta’kidladilar.

Har bir yosh e’tibor markazida bo‘lsa huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan immunitetni shakillantirgan bo‘lamiz. Yurtimizda tinchlik va barqarorlik oliy ne’matligi, har bir millatning ma’naviyatini uning tarixi, urf-odatlari, an’analari, barhayot qadriyatlari tashkil etishini yoshlarimiz ong shuuriga singdirishimiz lozim.

Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O’zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli. So‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatmoqda. Davra suhbatida ham bu borada qonunchilikda jazo muqarrarligi korrupsiyaning oldini olish borasida tumanda va viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlar o‘rtasida avj olib borayotgan internetdagi pul tikib o‘ynaladaigan turli  o‘yinlar ularning salbiy oqibatlari borasida ham fikr mulohazalar bildirildi.

Yoshlarni internetdagi turli salbiy o‘yin va illatlardan asrash lozimligi, rivojlanib borayotgan axborot asrida internet tarmog‘idan to‘g‘ri va oqilona foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.

Korxona tarkibidagi O'zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti ham bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib, quyi bo‘g‘in tarkibidagi 1000dan oshiq  partiya a’zolarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishda namuna ko‘rsatib kelmoqda.

Tadbir yakunida mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotining ham o‘tgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi va kelgusidagi ish-rejasi tasdiqlab olindi.

Shahnoza Yakubova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    259
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+