Hamkorlikda hikmat ko‘p

31.03.2022, 17:37

Hamkorlikda  hikmat ko‘p

Bugungi globallashgan dunyoda davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi o‘zaro hamkorligi har qachongidan ham ahamiyatli. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida ham keyingi besh yilning ichida bu boradagi maqsad va vazifalar aniq belgilab berildi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumining bizning mamlakatimizda o‘tkazilgani va unda qator shartnoma va bitimlarning imzolangani investiya siyosatining amaliy natijalaridan biri deyish mumkin. Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava, Xalqaro moliya korporatsiyasining mintaqaviy vitse-prezidenti Xela Shayxruhu forumning ahamiyatini alohida ta’kidladilar. Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy esa O’zbekistonning ulkan maqsadlari OTBning yashil energiya, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalardagi loyihalar bo‘yicha maqsadlari bilan mos kelishidan mamnunmiz. Bankimiz yordami O’zbekiston tomonidan qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini istaymiz, dedi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 617 million dollarlik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 6 ta, 160 million dollarlik 2 ta mandat xati, konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2 ta, xususan, temir yo‘llarni elektrlashtirish, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini qurish va meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish, shamol va elektr energiyasini ta’minlash bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha  shartnoma va kelishuvlar imzolandi.

Biz albatta, bu shartnomalarning mamlakatimiz, viloyatimiz iqtisodiyotiga, ijtimoiy hayotiga keltiradigan ijobiy samaralarini targ‘ib qilyapmiz.

Anvar QODIROV,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati,

Pop tumanidagi “Nuran Uz” MChJ ta’sischisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+