Ishchi guruh faoliyati: Toshkent viloyatida raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

31.03.2022, 17:43

Ishchi guruh faoliyati: Toshkent viloyatida raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirish borasida qilinayotgan ishlar tahlil qilindi

Toshkent viloyatida O'zLiDeP vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlar va vazifalarning ijro etilishi holatini o‘rganishga qaratilgan davra suhbati tashkil qildi. Tadbirda O'zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuxrat Sharofiddinov, partiya vakillari, mahalliy kengash deputatlari, mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 barobar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobar, ularning eksportini esa 10 barobar oshirish maqsadi ham belgilangan edi.

Davra suhbatida ushbu sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Partiya bu yo‘nalishda ham muayyan vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Jumladan, Iqtisodiyot real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini raqamlashtirish chora-tadbirlari ijrosi ustidan hududlar kesimida jamoatchilik va deputatlik nazorati amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shuning barobarida “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi chora-tadbirlar dasturi shahar va tumanlar kesimidagi ko‘rsatkichlari shakllantiriladi.

Tadbirda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborot berib o‘tdi.

Muloqotda qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi, shuningdek ushbu yo‘nalishda belgilab olingan vazifalarni ijrosini ta’minlashda, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi. 

Sharaf Azbergenov,

O'zLiDeP sektor mudiri,

Ishchi guruh kotibi

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+